Putin Kim Chen Inga avtomobil sovg‘a qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobilni sovg‘a qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi

Agentlik mashinaning markasi va modeliga aniqlik kiritmagan.

Qayd etilishicha, Putinning sovg‘asini 18 fevral kuni Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon va Markaziy qo‘mita kotibi Pak Chong Chon qabul qilgan. 

Kim Chen Inning singlisi Vladimir Putinning sovg‘asi mamlakatlar rahbarlari o‘rtasidagi “alohida do‘stona munosabatlardan dalolat berish”ini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Shimoliy Koreya rasmiylari Vladimir Putin KXDR Tashqi ishlar vaziri Choy Song Xui bilan suhbatda yaqin kelajakda Pxenyanga tashrif buyurishga tayyorligini aytgani haqida xabar bergan edi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Prezidentning KXDRga tashrifi “yaqin kelajakda” amalga oshishiga umid qilishini aytdi. Sanalar diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing