Putin bunkerga kirib ketgan – Ukraina IIV

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin so‘nggi kunlarda Uraldagi bunkerida bo‘lib turgani aytilmoqda. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vadim Denisenko “Rada” telekanali efirida aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda UNIAN.

“Putin 5-kun ketma-ket Uraldagi bunkerida... Uning bunkerda ekanligi 100foiz aniq. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u hozir Uralda. Buni ko‘plab rossiyalik hamkasblarimiz - tahlilchilar, jurnalistlar va boshqalar tasdiqlaydi va tegishli idoralarning ba’zi ma’lumotlari shundan darak bermoqda”, degan Denisenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda Putin o‘z atrofidagilar va elitaning munosabatidan qo‘rqib, yashirinmoqda.

“U oxirgi 2 yilni bunkerda o‘tkazdi, chunki u halokatli koronavirusni yuqtirishdan qo‘rqdi. Endi u yangi paranoyaga ega. Ukraina urushi sarguzashtlari ish bermayotganini tushunib, asli paranoikligi uchun yashirina boshlaydi va mutlaqo hamma narsadan qo‘rqadi”, degan Denisenko.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing