Pompeo: O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi turolmaydi

Olam

image
Rossiya Pompeoning O‘zbekiston safariga keskin munosabat bildirdi north_east

Rossiya Pompeoning O‘zbekiston safariga keskin munosabat bildirdi

Qozog‘iston va O‘zbekiston Xitoyga juda yaqin va koronavirusga qarshi tura olmaydi. AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo shunday fikr bildirdi.

Pompeo Qozog‘iston va O‘zbekiston infratuzilmasi Xitoydan kirib kelishi mumkin bo‘lgan COVID-19 virusiga qarshilik ko‘rsatish imkonini bermaydi. Shuning uchun, Davlat kotibi AQSH virusga qarshi kurashda faqatgina Xitoyga emas, boshqa davlatlarga ham moliyaviy yordam ko‘rsatishini aytib o‘tgan.

“Biz (epidemiyani to‘xtatish uchun) qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Allaqachon 100 mln dollar yordam puli ajratdik. Yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Bu yordam so‘zsiz Xitoyga ketadi. Biroq bu mablag‘lar xavfga global tarzda javob qaytarayotganimizga ishonch hosil qilish uchun boshqa joylarda ham ishlatiladi”, degan Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha O‘zbekiston va Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanmadi.

Ma’lumot uchun, fevral oyi boshida Maykl Pompeo O‘zbekiston va Qozog‘istonga safar uyushtirdi. U har ikki mamlakatda ham davlat rahbarlari bilan uchrashdi. Pompeo Toshkentda "C5+1" Tashqi ishlar vazirlari sammitida ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

virus Maykl Pompeo

Baholaganlar

1186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing