Pokistondagi namoyishlarda sakkiz kishi halok bo‘ldi
Olam
−
11 may 2023
3339Pokistonda shu hafta muxolifat yetakchisi Imron Xonning hibsga olinishi ortidan boshlangan namoyishlarda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 290 kishi yaralandi. Bu haqda “Dawn” telekanali xabar berdi.
“Mamlakat bo‘ylab huquq-tartibot idoralari bilan to‘qnashuvlarda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 290 ga yaqin kishi jarohatlandi, 1900 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi”, deyiladi xabarda.
Nashr o‘limlarga olib kelgan voqealar tafsilotlarini keltirmagan. 9 va 10 may kunlari mamlakatning turli shaharlarida namoyishchilar hukumat binolari, armiya muassasalariga hujum qilib, politsiya mashinalariga o‘t qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon shu yilnig 9 may kuni mamlakat poytaxti Islomobodda hibsga olingan edi. Korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanayotgan sobiq bosh vazir sudda qatnashish uchun borganida qamoqqa olingan. Xonning hibsga olinishi fonida o‘sha kunning o‘zida Pokistonning muxolif “Adolat Harakati” partiyasi tarafdorlari va faollari mamlakatning yirik shaharlarida norozilik namoyishlarini boshlab yuborgandi.
LiveBarchasi