Xon hibsga olinishi bilan Pokistonda namoyishlar avj oldi (video)
Olam
−
09 may 2023 10189 1 daqiqa
Bugun, 9 may kuni Pokistonning muxolif “Adolat Harakati” partiyasi tarafdorlari va faollari mamlakatning yirik shaharlarida sobiq bosh vazir va partiya raisi Imron Xonning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, namoyishlar Islomobod, Peshovar, Xaripur, Abottobod, Sialkot, Faysalobod, Ravalpindi, Lahor va mamlakatning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Partiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari vakillariga namoyishlarni yoritishga ruxsat berilmagan, partiya tarafdorlarini tarqatib yuborish uchun kuchli ta’sir qilish usullari, jumladan, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llanilmoqda.
Ma’lumot uchun, Imron Xon 2022 yil 10 aprelda parlament tomonidan unga nisbatan ishonchsizlik votumi kiritilganidan so‘ng Bosh vazir lavozimidan chetlatilgan. Hozirda unga qarshi Pokiston sudlarida turli ayblovlar, jumladan, terrorizm va tartibsizliklar bo‘yicha o‘nlab jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xon Islomobod Oliy sudi binosida Al Qadir Trust mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan hibsga olingandi.
Live
Barchasi