Pogba Prezident tufayli Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatini tugatishga qaror qildi
Sport
−
26 Oktabr 2020 33318 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Pol Pogba mamlakat Prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlari tufayli milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda "CTNews" nashri yozmoqda.
Bir necha kun oldin Fransiyada noxush hodisa yuz berdi – Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini namoyish qilgan o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldirgan edi. Keyinroq qotilning o‘zi ham politsiya tomonidan otib o‘ldirildi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ushbu voqeani izohlar ekan, buni "Islomiy terroristik harakat", deb atagandi.
"Birlik va qat’iyat islomiy terrorizmning ulkanligiga yagona javobdir", degan edi Makron.
Bu so‘zlar Pogba va fransuz musulmonlari uchun juda haqoratli edi. Shu sababli futbolchi milliy jamoaning noyabr oyidagi o‘yinlarga chaqiruvini qabul qilmadi.
Bundan avval Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Makronga gaplariga munosabat bildirib, uning davolanishga muhtojligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba 2013 yildan Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan. U terma jamoa safida 71 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan.