Peskov: Putin Baydendan taklifnoma oldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH tashkillashtirayotgan iqlim sammitiga taklif qilindi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, taklif kelgan, ammo sammitning qay tarzda o‘tishi borasida hozircha tafsilotlar mavjud emas. 

“Ha, haqiqatan ham bizga taklifnoma kelib tushdi. Ammo tafsilotlar mavjud emas. Hozir diplomatik kanallar orqali, Vashingtondagi elchixonamiz va Amerikaning Moskvadagi elchixonasi orqali tafsilotlar ya’ni sammit qanday kechadi, u yerda kim ishtirok etadi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumot olishga harakat qilmoqdamiz”, deydi Peskov.

Avvalroq, Oq uy AQSH Prezidenti Jo Bayden 22-23 aprel kunlari iqlim bo‘yicha muzokaralarga 40 nafar dunyo rahbarlarini taklif qilganini ma’lum qilgandi. Uchrashuv onlayn tarzda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 27 ta tashkilot Prezident Jo Baydenni Rossiyaga nisbatan “beparvo ritorika”ni to‘xtatish va Vladimir Putin bilan konstruktiv ikki tomonlama muzokaralarni boshlashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Putin Bayden

Baholaganlar

456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing