Bo‘ysunmas Panjsher yetakchisi Ahmad Mas’ud “Tolibon”ga qarshi kurashni to‘xtatish shartini aytdi

Olam

image
Milanda ko‘p qavatli uy yonib ketdi (video) north_east

Milanda ko‘p qavatli uy yonib ketdi (video)

Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud, agar “Tolibon” inklyuziv hukumat tuzib, fuqarolarning erkinligi va tengligini ta’minlasa, kurashni to‘xtatib, siyosatdan ketishini aytdi. 

“Agar toliblar hokimiyatni hamma bilan bo‘lishishni maqsad qilsa va Afg‘onistonda adolat o‘rnatish, hammaga tenglik va erkinlik berish niyatida bo‘lsa, men orqaga chekinib, siyosatdan ketaman”, degan u “Foreign Policy” nashriga. 

Mas’udga ko‘ra, agar harakat Afg‘onistonning inklyuziv va markazsiz hukumatini tuzsagina, “Tolibon” bilan kelishuvga erishish mumkin. U qarshilik vakillari uchun boshqa barcha variantlar nomaqbul bo‘lishini aytgan.

“Aks holda toliblar bilan qarama-qarshilik davom etadi”, degan Mas’ud. 

Shuningdek, qarshilik fronti rahbari chet eldan hech qanday moliyaviy yordam olmasligini va mintaqaning ko‘plab davlatlari go‘yoki “Tolibon” tarafida bo‘lganini ta’kidlagan. 

“Hukumat (Afg‘onistonning qochgan Prezidenti Ashraf G‘ani) mintaqadagi ko‘plab mamlakatlarni “Tolibon” tarafdori bo‘lishga majbur qildi. Ularning etnik va millatchilik ritorikalaridan tortib, suv ta’minoti siyosatigacha, bularning barchasi bizda adovatni keltirib chiqardi va kuchaytirdi. Ular “Tolibon”ga yaqin bo‘lib qolishgan. “Tolibon” bilan yaqinlashishining yana bir sababi AQSHning mavjudligi, shuningdek, jangarilarni qo‘llab-quvvatlash orqali AQSH va NATOga zarar yetishi mumkin edi”, deya qo‘shimcha qilgan Mas’ud.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan  "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti. Ushbu viloyat Afg‘onistonning sharqida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 150 ming aholi yashaydi. Qayd etish kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan tashkil topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Panjsher Mas'ud

Baholaganlar

681

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing