“Tolibon”ga qarshi kurashayotgan Ahmad Mas’ud hozir qayerda?
Olam
−
26 May 2022 18742 1 daqiqa
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakatiga qarshi qurolli kurash olib borayotgan Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud ayni paytda Tojikistonda. Fransiyaning ARTE resursi jurnalistlari u bilan suhbatlashdi.
Ta’kidlanishicha, Mas’ud o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun aniq yashash joyini aytmagan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil avgust oyidan, ya’ni “Tolibon” Qobulda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri Mas’ud boshchiligidagi front toliblarga qarshi qurolli kurash olib bormoqda.
Tojikiston “Tolibon” hukumati bilan muloqot qilishdan bosh tortmoqda. Mamlakat rasmiylari Afg‘oniston Milliy qarshilik frontini ochiq qo‘llab-quvvatlayapti.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr