Ahmad Mas’ud ayni paytda qayerda ekani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakatiga qarshi bo‘lgan Milliy qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas’ud ayni damda Tojikiston hududida. Bu haqda shimoliy Panjsher viloyati gubernatorining sobiq o‘rinbosari Kabir Vosiq TASSga ma’lum qildi.  

“Ahmad Mas’ud hozir Tojikistonda, lekin ba’zida Afg‘onistonga borib turadi, u yerda mamlakatning turli mintaqadagi qarshilik bo‘linmalari bilan uchrashadi”, degan Vosiq. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mas’ud ayni damda “Tolibon” jangarilariga qarshi turishda turli davlatlardan yordam olishga harakat qilmoqda. 

“Mas’ud mintaqa mamlakatlari va butun xalqaro hamjamiyatni “Tolibon”ga qarshi kurashish zarurligiga ishontirmoqchi. U qarshilik frontiga e’tibor qaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun turli mamlakatlarga safar qiladi”, degan Vosiq. 

Sobiq gubernator o‘rinbosariga ko‘ra, frontning Tojikiston bilan aloqalari yaxshi, u “Tolibon”ga qarshi kurashda afg‘on xalqiga doim katta yordam ko‘rsatib kelgan va hozirda ham ko‘rsatmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 29 oktyabr kuni Tojikistonning bir qancha OAVlari Dushanbeda frontning ofisi ochilgani haqida xabar tarqatgan. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi esa bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Mas'ud

Baholaganlar

892

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing