Ahmad Mas’ud Imomali Rahmondan yordam so‘radi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Afg‘onistonda inklyuziv hukumat shakllanishiga yordam berishi kerak. Bu haqda Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud Afg‘onistonning Hirot viloyati sobiq gubernatori Ismoil Xon bilan uchrashuvda ma’lum qilgan. 

Ushbu uchrashuv joriy yilning 6 noyabr kuni Eronning Mashhad shahrida bo‘lib o‘tgan. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 76 million 700 ming dollarni tashkil qilgan. 

Tojikiston Markaziy Osiyoda Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakatiga nisbatan murosasiz pozitsiyani egallagan yagona davlatdir. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Tolibon”ni Afg‘onistondagi tojiklar huquqlarini mensimaslikda tanqid qilib, bu mamlakatda faqat inklyuziv hukumat tuzilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda tojiklar, hazoralar va o‘zbeklar bo‘lgan inklyuziv hukumatni shakllantirish masalasi Tojikiston rahbari Imomali Rahmon tomonidan joriy yil 17 sentyabr kuni Dushanbeda Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvda muhokama qilingan. 

Aynan o‘shanda Tojikiston Prezidenti qarshilik va “Tolibon” vakillari o‘rtasida Dushanbeda muzokaralar tashkil etishda yordam berishini aytgan, biroq hozircha bu tashabbus ishlab chiqilmagan. 

Bundan tashqari, 23 sentyabr kuni Tojikiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda saylovlar o‘tkazish va barcha etnik guruhlar vakillari, jumladan, afg‘on tojiklari ishtirokida keng qamrovli hukumat tuzishga chaqirgan. 

Uning fikricha, Afg‘onistonning barcha aholisi manfaatlarini hisobga olmasdan biron-bir hukumatning tuzilishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rahmon Mas'ud

Baholaganlar

459

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing