Milanda ko‘p qavatli uy yonib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 29 avgust kuni Italiyaning Milan shahrida joylashgan 15 qavatli bino yonib ketdi. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in 6 soatdan ko‘proq davom etgan. Bu haqda TACC nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 17:45 da 70 tagacha oila istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqan. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Dastlab, yong‘in yuqori qavatda boshlangan, keyinchalik butun binoni qamrab olgan.  

“Hozircha bizda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Taxminan yigirma kishi binodan muammosiz chiqib ketdi. O‘t o‘chiruvchilar uyma-uy kirib, hamma xonani tekshirib chiqmoqda”, degan Milan shahri meri Beppe Sala.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing