Amerika kompaniyasi zumrad qazib olish uchun Afg‘onistonga 10 mln dollar beradi
Olam
−
04 dekabr 2023
4492Afg‘onistonning Panjsher viloyati rasmiylari yangi topilgan 40 ga yaqin zumrad konini qazib olish bo‘yicha ishlar boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, "TOLOnews" xabar berdi.
Panjsher gubernatori Muhammad Hakim hududdagi 500 dan ortiq konda zumrad qazib olish ishlari davom etayotgani, AQSH kompaniyasi vakili bilan uchrashuvda zumrad qazib olish uchun ilg‘or uskunalar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan.
"Amerikalik yirik tadbirkorlardan biri Afg‘onistondagi zumrad konlariga 10 million dollar sarmoya kiritishga rozi bo‘ldi", degan u.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Panjsher zumrad konlarida yetti mingga yaqin afg‘onistonlik ishlaydi. Mutasaddilarning aytishicha, ayni paytda zamonaviy asbob-uskunalarning yo‘qligi jiddiy muammoga aylangan.
Panjsher gubernatori ushbu viloyat konlaridan qazib olingan zumradlar 1,5 million dollarga sotilganini ham qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon”ning Kon-ruda va neft vazirligi umumiy qiymati 6,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yettita konni qazish bo‘yicha turli kompaniyalar bilan kelishuvlarni imzolagandi.
LiveBarchasi