Ozarbayjon O‘zbekistonga javob qaytardi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
14761Ozarbayjon dunyo uchun og‘ir kunlar davom etayotgan bir paytda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekiston bilan bir safda ekanini namoyish etdi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev topshirig‘iga ko‘ra, qardosh O‘zbekiston xalqiga gumanitar yordam tariqasida Ozarbayjon davlatining maxsus tibbiy jihozlari jo‘natildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Gumanitar yordam bir martali shpritslar, bir martali baxila, ko‘rpa to‘shak, antiseptik vositalar, dezinfeksiya eritmalari, suyuq sovun, qattiq sovun va tibbiyot spirtlarini o‘z ichiga olgan.
Gumanitar yukni O‘zbekistondagi Ozarbayjon elchixonasi xodimlari, O‘zbekistonning vakolatli vakillari kutib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan Ozarbayjonga COVID-19 koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun tarkibida zarur bo‘lgan tibbiy buyumlar va vositalar bo‘lgan gumanitar yordam jo‘natilgan edi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston bugungacha Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston va Belarusga koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordami yuborgandi.
O‘zbekistonga esa BAA, Xitoy, AQSH va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun yordam jo‘natgandi.
LiveBarchasi
16:25