“Omikron”. Isroil yangi shtamm tufayli chegarasini yopgan birinchi davlat bo‘ldi

Olam

image

Isroil ikki hafta davomida chet elliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi. Chet eldan qaytgan isroilliklar esa karantinga olinishi talab qilinadi. Shu tariqa, Isroil koronavirusning omikron shtammi tufayli chegaralarini butunlay yopgan birinchi davlat bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Reuters”.

Bosh vazir Naftali Bennet xorijliklarning mamlakatga kirishi taqiqlanganini e’lon qildi. Rasmiylar ikki hafta ichida COVID-19’ning yangi varianti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishiga umid qilmoqda. Taqiq ertaga, 29 noyabrdan kuchga kiradi. Omikron shtammi bilan kasallanganlarning harakatlari telefon kuzatuvi texnologiyasi yordamida nazorat qilinadi.

Isroilda, allaqachon, koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanishning bir holati qayd etilgan. Yana yetti kishi COVID-19’ning yangi shtammi bilan kasallanganlikda gumon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi shtammiga omikron (yunoncha O harfi)  nomini berdi. Mutaxassislar virusning yana bir turi shusiz ham infeksiya tarqalishiga qarshi kurashayotgan mamlakatlarga tahdid solishi mumkin degan xulosaga keldi. 

Ma’lumot o‘rnida, omikron shtammi bilan kasallanishning birinchi holati Janubiy Afrikada aniqlangan, hozirda kasallik holatlari Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan. O‘z navbatida, Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi varianti emlangan odamlar orasida ham tarqalishi mumkinligini ma’lum qildi


Maqola muallifi

Teglar

omikron

Baholaganlar

119

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing