“Omicron”dan o‘lim darajasi bo‘yicha ma’lumot berildi 

Salomatlik

image

Koronavirusning “omicron” shtammida oldingi COVID-19 to‘lqinlariga nisbatan o‘lim darajasi 75 foizga pastroq. Bu haqda Janubiy Afrikadagi Yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotchilari va ularning Pretoriya universitetidagi hamkasblari ma’lumotlariga tayanib, “The Telegraph” yozmoqda. 

Olimlar Gauteng provinsiyasining Tshvan shahrida shifoxonaga yotqizilgan bemorlarni kuzatgan, ushbu joy yangi shtamm tarqalishining dastlabki epitsentriga aylangan. Ularning aniqlashicha, shifoxonaga yotqizilgan bemorlarning 4,5 foizi “omicron” tufayli vafot etgan bo‘lsa, koronavirusning oldingi to‘lqinlarida bu ko‘rsatkich 21,3 foizga yetgan. 

Tadqiqotchilar, shuningdek shifoxonaga yotqizilganlarning yarmidan kamrog‘i kislorod terapiyasiga muhtojligini aniqlagan, eski shtammlarda bu ko‘rsatkich 99,5 foizga yetgan. Reanimatsiyaga muhtoj bo‘lganlar soni ham ancha kamligi kuzatilgan — oldingi epidemiyalarda 4,3 foiz bo‘lgan bo‘lsa, “omicron”da 1 foiz. 

Bundan tashqari, “omicron” to‘lqinida shifoxonaga yotqizilgan bemorlar o‘rtacha 4 kundan keyin, avvalgi to‘lqinlarda esa 8,8 kunda uyga jo‘natilgan. 

“Omicron”ning birinchi global epitsentri bo‘lgan Tshvane shahrida kasallikning og‘irligi, vafot etganlar soni va shifoxonada qolish muddati qisqargan”, deya xulosa qilgan olimlar. 

Ma’lumot o‘rnida, SARS-CoV-2 ning yangi B.1.1.529 varianti ilk bor noyabr oyi o‘rtalarida Botsvana va Janubiy Afrikada aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus omikron

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing