“Sputnik V” koronavirusga qarshi samara bermay qo‘ygani aytildi
Olam
−
24 Oktabr 2023
4761Dunyodagi birinchi ro‘yxatga olingan koronavirus vaksinasi bo‘lmish “Sputnik V”, COVID-19 ning yangi – “Omikron” shtammi paydo bo‘lishi bilan himoyaviy xususiyatini butunlay to‘xtatdi. Bu haqda “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqargan Gamaley markazi boshlig‘i Aleksandr Ginzburg ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V”ning asl nusxasi dastlabki ikki yil davomida, ya’ni 2020-yilning avgustidan 2022-yil iyuligacha COVID-19 dan himoya qilgan. Biroq 2022 yilning yozi o‘rtalaridan boshlab koronavirusning “Omikron” 1, 2 va 3 variantlari paydo bo‘lgach, vaksinaning samaradorligi sakkiz baravarga kamayib ketgan. 4 va 5-variantlar paydo bo‘lganida, samaradorlik 20 baravargacha tushgan.
“Va “omikron” (“Kraken”) ning XBB.1.5 versiyasi paydo bo‘lganida – bu 2023 yilning yanvarida edi – “Sputnik V” virusdan himoya qilishni butunlay to‘xtatdi. Shuning uchun o‘tgan yozda vaksinaning antigen tarkibini o‘zgartirish zarurati tug‘ildi”, deya qo‘shimcha qilgan olim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz olimlari laboratoriyada vaksinalarning yangi variantlarini tayyorlagan va ular bilan markaz xodimlarini emlashgan. Vaksinaning klinik sinovlari davom etmoqda va 10 dekabrda yakunlanadi. Odamlar yangi vaksina bilan 2024 yilning mart oyidan emlanishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan shtamm boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatiga ega.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr