Oldimizda og‘ir kunlar turibdi — Ortiqxo‘jayev kovid markazlarida joy qolmayotganini aytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Yomon signal: Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda north_east

Yomon signal: Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda

Kecha, 16 iyul kuni kechasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzor tumanida joylashgan “Atlas” savdo markazida tashkil etilgan kovid markaziga bordi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hokim Ortiqxo‘jayev kovid markaziga borib, bemorlar holidan xabar olgan. Hokim 

“Hammani vaksina olishini ta’minlashimiz kerak. Aks holda joy ham qolmaydi, shifokorlar ham kam. O‘zi shifokorlar ham charchadi 24 soatlab ishlamoqda. Doktor men sizlarga sabr tilayman. Hali oldimizda og‘ir kunlar turibdi. Kundan kunga koronavirusga chalingan bemorlar soni oshyapti, vaziyat ham og‘irlashib boryapti. Sizlar bizning oldimizda turib berasizlar”, deydi hokim shifokorlarga yuzlanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kovid markazida davolanayotganlarning 35 foizini erkaklar, 65 foizini esa ayollar tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, koronavirusga ko‘proq vaksina olmaganlar chalinmoqda. Vaksina olib, koronavirusga chalinganlar esa qisqa muddat – 6-7 kunda sog‘ayib ketishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 16 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118881 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 501 kishida koronavirus va 416 kishida pnevmoniya aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Koronavirus

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing