O‘zbekistonda bir kunda koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar 900 nafardan oshdi

Jamiyat

−

image

2021 yil 16 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118881 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 501 kishida koronavirus va 416 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 22 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 57 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 18 nafari Namangan viloyatida,
  • 38 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 44 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 51 nafari Toshkent viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 114 nafar,
  • Buxoro viloyatida 43 nafar,
  • Jizzax viloyatida 101 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 55 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 53 nafar,
  • Toshkent viloyatida 42 nafar,
  • Toshkent shahrida 89 nafar bemor sog‘aydi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 113825 (+564) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 793 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing