Yomon signal: Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda
Jamiyat
−
02 iyul 2021
12801Toshkent shahrida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli “Yoshlik” sport majmuasida kovid-markaz qaytadan tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maxsus video e’lon qildi.
Videoda kovid-markazga shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev borib, tekshiruvdan o‘tkazgani aks etadi. Ta’kidlanishicha, markaz 2 iyul kuni soat 00:00 dan faoliyatini boshladi. Ushbu markazda 60 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi ham tashkil etilgan.
“5 iyul, dushanba kungacha 2070 o‘rinli 3 ta kovid-markazlarning barchasi ochilishi kerak”, deydi Toshkent shahar hokimi.
Jahongir Ortiqxo‘jayevning ta’kidlashicha, 5 iyul kuni “O‘zekspomarkaz”da koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilish markazi ham qayta ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz”ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markaziga va “Universal” sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatilgandi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, joriy yilning 28 iyun kunidan karantin cheklovlari kuchaytirildi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar