Nigerdagi isyonchilar ayrim davlatlar uchun chegarasini ochdi

Olam

image

Joriy yilning iyul oyi oxirida Niger Respublikasida davlat to‘ntarishi uyushtirgan harbiylar Jazoir, Burkina Faso, Liviya, Mali va Chad bilan havo va quruqlik chegaralari ochilganini e’lon qildi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Aytish joizki, 26 iyul kuni isyonchilar milliy televideniye orqali Muhammad Bazum Niger prezidentligidan chetlashtirilgani, respublika chegaralari yopilganligi, komendantlik soati joriy etilgani, konstitutsiyaning amal qilishi to‘xtatilgani va partiyalarning siyosiy faoliyati taqiqlangani haqida e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Prezident tarafda ekani aytilgan Niger qurolli kuchlari mamlakatda isyon ko‘targan prezident gvardiyasi vakillari bilan uchrashuvidan so‘ng Prezident Muhammad Bazumning hokimiyatdan chetlatilishiga to‘sqinlik qilmoqchi emasligini ma’lum qilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay general Umar Chiani o‘zini mamlakatning yangi rahbari – “Vatan mudofaasi bo‘yicha milliy kengash prezidenti” deb e’lon qildi. Bazumning ag‘darilishi BMT, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqi tomonidan qoralandi. Fransiya Tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna Nigerdagi davlat to‘ntarishi bilan bog‘liq vaziyatdan Rossiya ham, mintaqa davlatlari ham o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi mumkinligini aytib chiqdi. Nigerda esa minglab namoyishchilar Fransiya elchixonasiga hujum qildi. Bunga javoban Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parij o‘z fuqarolari va xorijdagi muassasalarga qarshi hujumlarga toqat qilmasligini aytib, agar bunday hodisalar yuzaga kelsa, keskin javob berishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat to'ntarishi Niger isyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made