Fransiyada isyon: namoyishlarda qatnashgan 149 kishi qamaldi (video)
Olam
−
19:32 381 2 daqiqa
Fransiyada joriy yilning 17 oktyabr kuni yuz bergan tartibsizliklar bo‘yicha ishlarning sudda ko‘rib chiqilishi yakunlariga ko‘ra, qariyb 150 kishi qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda respublika Adliya vaziri, muhr saqlovchisi Jerald Darmanen ma’lum qildi.
“Mana 48 soatdirki, butun mamlakat hududida amalga oshirilgan hibsga olishlardan so‘ng juda ko‘p sonli ishlarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanmoqdamiz. Sud majlislari 48 soat ichida o‘tkazilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib 149 kishi allaqachon qamoq jazosini oldi”, deydi u.
Misol tariqasida u bir nechta holatni keltirib o‘tgan. “Micromania” videoo‘yinlar do‘konini talagani uchun 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan uch kishi, ilgari politsiyaga tushmagan bo‘lsa-da, 10 oydan qamoq jazosiga mahkum etilgan. “Sephora” parfyumeriya va kosmetika do‘konini talagan 28 yoshli tartibsizlik ishtirokchisi ham xuddi shunday muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
“Shunday yo‘l tutuvchilar Fransiyaga xoinlik qilmoqda, Fransiya imijiga putur yetkazmoqda. Ular tadbirkorlarning hayoti va iqtisodiy farovonligini, shaharning va mamlakatning imijini vayron qilmoqda. Bundan tashqari, agar biz bugun yuz berayotganidek juda qatiq jinoiy choralar bilan munosabat bildirmasak, tadbirkorlar va aholi odil sudlovni o‘z qo‘llariga oladilar”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kundan beri Parijda va butun Fransiya bo‘ylab yoqilg‘i narxining oshishi hamda aholi xarid qobiliyatining pasayishiga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotchilarning baholashiga ko‘ra, aksiyalarda 800 ming kishi ishtirok etgan, garchi Ichki ishlar vazirligi 550 ming kishini hisoblagan bo‘lsa-da. Bir qator shaharlarda chiqishlar tartibsizliklarga va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Adliya vaziri Jerald Darmanenning xabar berishicha, 17 oktyabr kuni Fransiyada talonchilar taxminan 3 mingta do‘konni talagan, 2,5 mingdan ortiq kishi hibsga olingan.
Live
Barchasi