Niger isyonchilari fransuz qo‘shinlarining chiqib ketishi uchun muddat berdi
Olam
−
31 avgust 2023
6079Nigerda davlat to‘ntarishini amalga oshirgan harbiylar tomonidan tuzilgan “Vatan mudofaasi bo‘yicha milliy kengash” 3 sentyabrgacha fransuz qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hafta oxirigacha isyonchilar tarafdorlari fransuz qo‘shinlarining Nigerni tark etishini talab qilib, muddatsiz aksiya o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ayrimlar yangi hukumatdan Fransiya bazasiga elektr va suv ta’minotini, shuningdek, oziq-ovqat ta’minotini to‘xtatishni so‘ramoqda. Mamlakatda 1,5 ga yaqin fransuz harbiy xizmatchilari joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida Nigerda davlat to‘ntarishi o‘tkazilgan, Prezident Muhammad Bazum hokimiyatdan ag‘darilgandi. U va uning oilasi isyonchilar tomonidan qo‘lga olindi. ECOWAS esa Abdurahmon Chiani boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilardan Bazumni ozod etish va hokimiyatni saylangan prezidentga qaytarishni talab qildi.
Aks holda Nigerga harbiy intervensiya qilishni ham istisno qilmasligini bildirdi. 19 avgust kuni esa ECOWAS davlatlari Bosh shtablari rahbarlari harbiy aralashuv uchun kun belgilaganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Nigerdagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan Mali va Burkina-Faso hukumatlari Niameyga jangovar samolyotlar yubordi.