Nazarboyev yanvardagi operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda “Zakon.kz” portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, siyosatchi parlamentga saylovda ovoz berish uchun "Ostona Opera"dagi 393-saylov uchastkasiga ovoz keldgan. Bundan tashqari, u aholini yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklagan.

"Navro‘z bayrami xalqimizga bahor fayz va iliqlik olib kelsin. Har bir oilaga fayzu baraka tilayman", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev yanvar oyida Ostonadagi shifoxonalardan biriga yurak jarrohlik amaliyoti uchun yotqizilgan edi. Keyinchalik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyat bilan o‘tgani ma’lum qilindi

15 fevral kuni esa Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunchilik normasi o‘z kuchini yo‘qotganligi haqidagi qonunni imzolagandi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nursulton Nazarboev operatsiya yurak jarrohlik amaliyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing