Rim papasining o‘pkasidagi o‘simta olib tashlandi
Olam
−
16:56 612 2 daqiqa
Rim papasi Lev XIV o‘pkasidagi saraton o‘smasini olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan so‘ng shifoxonadan chiqishga ruxsat oldi. U bugun, 17 oktyabr kuni Rimdagi Jemelli shifoxonasidan Vatikanga qaytadi. Bu haqda Vatikan matbuot xizmatiga tayanib, “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 71 yoshli pontifik joriy yilning 13 oktyabr kuni o‘ng o‘pkasida o‘tkazilgan operatsiyadan beri shifoxonada davolanayotgan edi. https://qalampir.uz/news/rim-papasi-saratonga-chalindi-144513
Shifokorlar qon tahlillari va ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvi natijalarini baholab, uning shifoxonadan chiqishi mumkin degan xulosaga kelgan.
Vatikan matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Lev XIV bugun tushdan keyin shifoxonani tark etib, Vatikanga qaytadi. Ertaga esa u papa qarorgohi derazasidan turib, an’anaviy “Anjelus” ibodatini o‘qiydi.
Avvalroq, operatsiya davomida papaning o‘ng o‘pkasining pastki bo‘lagi olib tashlangani ma’lum qilingan edi. Shifokorlar unda o‘pka adenokarsinomasi – o‘pka saratonining turi aniqlanganini tasdiqlagan.
Operatsiya taxminan 90 daqiqa davom etgan va asoratlarsiz yakunlangan. Joriy yilning 15 oktyabr kuni o‘tkazilgan rentgen tekshiruvi ham zararlangan o‘pkaning yaxshi tiklanayotganini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi Lev XIV Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi Oleshki shahriga gumanitar yordam yetkazish va tinch aholini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun sulh e’lon qilishga chaqirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi