Qarşida 21 yoşli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi
3-sahifa
−
15:04 3061 2 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatida gipofiz bezi ösmasini olib taşlaş böyiça operatsiya ötkazilgan 21 yoşli qiz 10 kundan keyin vafot etdi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2005 yilda tuğilgan L.M. joriy yilning 14 oktyabr kuni gipofiz adenomasi taşxisi bilan Qaşqadaryo viloyat köp tarmoqli şifoxonasining neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, qizni bir neça yildan buyon nafas oliş qiyinlaşişi, böy ösişining ortda qolişi, qöl va oyoq barmoqlarining yöğonlaşişi kabi alomatlar bezovta qilib kelgan. Tekşiruvlar davomida uning gipofiz bezida katta ölçamdagi ösma aniqlangan. Gormonal tahlillar esa ösiş gormoni miqdori me’yordan sezilarli darajada yuqori ekanini körsatgan.
Şundan söng, joriy yilning 16 oktyabr kuni Toşkentdan kelgan mutaxassis iştirokida burun orqali endoskopik usulda gipofiz bezi ösmasini olib taşlaş operatsiyasi bajarilgan.
Soğliqni saqlaş boşqarmasi ma’lumotiga köra, operatsiyadan keyin bemor şifokorlar nazoratida bölgan. 19 oktyabr kuni ötkazilgan tekşiruvda heç qanday asorat aniqlanmagan. Biroq 20 oktyabr kuni bemorning ahvoli keskin oğirlaşgan. Unda arterial qon bosimi kötarilişi, huş, nafas oliş va yurak faoliyatining buzilişi kuzatilgan. Şifokorlar tomonidan intensiv davolaş muolajalari olib borilganiga qaramay, joriy yilning 26 oktyabr kuni qiz vafot etgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv natijalari böyiça qöşimça ma’lumot berilişi bildirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida burun operatsiyasiga kirgan 16 yoşli qiz şifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr