Nazarboyev “qonli yanvar” voqealaridan keyin ilk bor ommaga ko‘rindi. U Turkiyada
Olam
−
10 mart 2022
10243Kecha, 9 mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Diplomatik forumda ishtirok etish uchun Antaliyaga borgan. Bu haqda Birinchi Prezident matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.
“Antaliya Diplomatik forumi dolzarb global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish uchun munozara maydonchasidir”, deydi Aydos Ukibay.
Bu Birinchi Prezident Nazarboyevning yanvar oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin birinchi marta omma oldiga chiqishi va ilk xorijiy safari ekani aytilmoqda.
Ta’bir joiz bo‘lsa, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan munosabatlari doim yaxshi bo‘lib kelgan. Hatto, 2019 yilning oktyabr oyida Bakuda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ham Qozog‘iston nomidan amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev emas, Nursulton Nazarboyev qatnashgan.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan “Turkiy kengashning bir umrlik faxriy raisi” sifatida e’lon qilindi.
Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining faxriy raisi ekanini anglatuvchi “Turk dunyosining eng oliy ordeni”ni topshirdi.
Nazarboyevning siyosiy intihosi
2019 yil mart oyida Prezident lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev, joriy yilning 5 yanvaridan Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi.
Nazarboyev ko‘rinish bermayotgan bir vaqtda esa uning hatto, sog‘lig‘i haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Namoyishlarda esa sobiq Prezidentning Olma-otadagi saroyi yoqib yuborildi, haykali qo‘porib tashlandi.
Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) bugun, 2 mart kuni respublikaning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyevani deputatlik vakolatlaridan iste’foga chiqishini ma’qulladi.
Avvalroq, Nazarboyevning kuyovlari: Aliyaning (kenja qizi) turmush o‘rtog‘i Dimash Dosanov “Kaztransoyl” AJ rahbarigidan, Darig‘aning (to‘ng‘ich qizi) turmush o‘rtog‘i Kayrat Sharipbayev “QazaqGaz” milliy kompaniyasi AJ rahbarligidan ketgandi. 17 yanvar kuni o‘rtancha qiz Dinaraning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimini tark etdi.
28 yanvar kuni Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi rasiligini ham Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga topshirdi.
2 fevral kuni Qozog‘iston parlamenti mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston xalqi assambleyasiga umrbod raislik qilishini bekor qiluvchi qonunni qabul qildi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar