Keksa Nazarboyev operatsiyadan keyin birinchi marta ko‘rinish berdi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev kecha, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tan Qurultoy deputatlari saylovida uydan chiqmagan holda ishtirok etdi. Yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan sobiq prezidentning uyiga ko‘chma ovoz berish qutisi keltirilgan. 

Nazarboyevning matbuot xizmati uning sog‘lig‘i tufayli shaxsan saylov uchastkasiga bora olmaganini ma’lum qildi. Sobiq davlat rahbari o‘z saylov huquqidan qonunda belgilangan tartibda uyida foydalangan.

E’lon qilingan fotosuratda Nazarboyev Qozog‘iston davlat gerbi tasvirlangan ko‘chma saylov qutisiga byulleten tashlayotgani aks etgan. Suratda 86 yashar Nazarboyev ancha keksayib qolgani, uning sochlari to‘liq oqarganini ko‘rish mumkin. 

So‘nggi yillarda Nursulton Nazarboyev jamoat va siyosiy tadbirlarda kamdan-kam ko‘rinmoqda. Sog‘lig‘iga qaramay, u yangi bir palatali Qurultoyni shakllantirish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing