Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan qutladi
Jamiyat
−
06 iyul 2408 1 daqiqa
Bugun, 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va uzoq umr tiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonning barpo etilishi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ilgari surish hamda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini alohida e’tirof etgan.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ko‘mak rishtalariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlikning bugun yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga AQSH milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llagan edi.
Live
Barchasi