Navbat Buxoroga. 38 kishi qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Butun O‘zbekiston bo‘ylab jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, tayyorlanayotgan jinoyatlarni sodir etilmasidan oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro viloyatida 38 kishi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi. 

Tezkor tadbirlar davomida viloyatda sodir etilib, fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etilgan va qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxslar ushlangan.

Bundan tashqari, 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-, 164-, 168-, 276-, 251- va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Shuningdek, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxslar ma’muriy qamoqqa olingan.

“Hozirda keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilib, noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanmoqda”, deyiladi IIB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida ham tezkor profilaktik tadbirlar doirasida jinoyatchilikda gumonlangan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing