Buxoroda tabiatga 8,9 mlrd sömlik zarar yetkazganlar uşlandi

3-sahifa

−

image

Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida özganing yer maydonidan noqonuniy ravişda qum-şağal aralaşmasi qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 8,9 milliard söm zarar yetkazilgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, qonunbuziliş holati “Kökça” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi yaylov yer maydonida aniqlangan. Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi Ekopoliya xodimlari dron yordamida ötkazgan nazorat-reyd tadbirlari davomida B.Ğ. ismli şaxs öziga tegişli bölmagan hududdan qum-şağal aralaşmasini noqonuniy qazib olganini foş etgan.

Mutaxassislar tomonidan ötkazilgan örganiş va hisob-kitoblar natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar 8,9 milliard sömga baholangan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş uçun Buxoro viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanidagi muhofaza etiladigan davlat örmon xöjaligi hududida noqonuniy kömir qazib oliş va daraxtlarni kesiş holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing