Navalniy Putinning “jiblajibon”ini sudga berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskvaning Presnenskiy sudi siyosatchi Aleksey Navalniyning Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga qarshi da’vosini qabul qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sud Navalniyning Peskovga qarshi da’vosi ishlab chiqarish uchun qabul qilinganini ta’kidlagan.

Sudgacha tayyorgarlik 27 mayga rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, avvalroq sha’ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi da’vo kamchiliklarni tuzatish uchun harakatsiz qoldirilgan.

Peskovning Navalniy go‘yoki xorijiy maxsus xizmatlarda ishlagan, degan so‘zlari bilan muxolifatchiga ta’sir qilgan. 2020 yil 1 oktyabrda Peskov “Markaziy razvedka boshqarmasi mutaxassislari Navalniy bilan ishlayapti, u aytadigan hamma narsa bu tashkilot og‘ziga soladigan narsadir” degandi

Navalniy raddiya Kremlning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini so‘radi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Peskov haqiqatga mos kelmaydigan va uning sha’ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro‘sini kamsitadigan ma’lumotlarni tarqatgan. Peskovning o‘zi Navalniyning so‘zlarini “kulgili ayblovlar” deb atagan.

Ushbu sud da’vosi joriy yilning 29 mart kuni qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, bu muxolifatning Prezident matbuot kotibi haqidagi ikkinchi bayonoti, Navalniy birinchi marta 2020 yil noyabrida xuddi shunday tarzda sudga murojaat qilgandi.

Navalniy bilan bog‘liq vaziyat 

Eslatib o‘tamiz, Putinning davlat mablag‘i asosida o‘zi uchun saroy qurdirganini da’vo qilib chiqqan Navalniy Germaniyadan qaytgan zahoti aeroportda hibsga olinib, keyinchalik 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Shundan so‘ng, uni vatanparvar muxolifatchi, deb bilgan omma namoyishlar uyushtirdi. Navalniy bir necha bor ochlik e’lon qildi, yaqinlari va advokatlari uning qamoqda qiynoqqa solinayotgani va sog‘ligi yomonlashganini aytib chiqdi

Ozodlikka erishish uchun turli yo‘llarni qo‘llab ko‘rayotgan Navalniy o‘tgan hafta Qur’on kitobini bermagani uchun koloniya rahbarini sudga berdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov esa buni provokatsiya deb atadi.

Hozirda Navalniy jamoasi o‘zi faoliyatini davom ettirmoqda va yaqinda eski mavzu bo‘yicha yangi surishtiruv e’lon qildi.

Shuningdek, Rossiya prokurorlari tomonidan Navalniyning faoliyatini “ekstremistik” deb baholash taklif qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Peskov Naval'niy

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing