Navalniy ochlikni tugatganini e’lon qildi 

Olam

image

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan Aleksey Navalniy ochlikni tugatganini e’lon qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozgan.  

Kecha, 23 aprel kuni Navalniyga mas’ul bo‘lgan shifokorlar unga ochlik aksiyasini to‘xtatish talabi bilan murojaat qilgan. 

Xabarda aytilishicha, 20 aprelda u Vladimirdagi fuqarolik shifoxonasiga o‘tkazilgan, uning salomatligi holati neyroxirurglar, bosh shtatdan tashqari nefrolog va Vladimir viloyatining bosh nevrologi tomonidan tekshirilgan. 

Navalniy xabarda hali ham kerakli shifokorni talab qilishini yozgan. 

"Qo‘llarim va oyoqlarim sezgirligini yo‘qotganman va bu nima ekanini, uni qanday davolash mumkinligini bilishni istayman, ammo jarayon va barcha sharoitlarni hisobga olgan holda ochlikdan qutulishni boshlayman. Qoidalarga ko‘ra, bu 24 kun davom etadi", degan mahkum. 

U fuqarolik shifokorlari kengashida ikki marta tekshiruvdan o‘tganini, shuningdek, tadqiqotlar va tahlillardan o‘tayotganini, natijalar va xulosalarni olayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni davlat mablag‘i asosida o‘zi uchun saroy qurdirganini da’vo qilib chiqqan Navalniy Germaniyadan qaytgan zahoti aeroportda hibsga olinib, keyinchalik 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 

Shundan so‘ng, uni vatanparvar muxolifatchi, deb bilgan omma namoyishlar uyushtirdi. Navalniy bir necha bor ochlik e’lon qildi, yaqinlari va advokatlari uning qamoqda qiynoqqa solinayotgani va sog‘lig‘i yomonlashganini aytib chiqdi. 

19 aprel kuni Navalniy koloniyadan mahkumlar uchun shifoxonaning statsionar bo‘limiga ko‘chirilishi ma’lum bo‘lgandi


Maqola muallifi

Teglar

Naval'niy

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing