Namoyish va tartibsizliklar natijasida Qirg‘iziston qancha daromadini yo‘qotgani hisoblandi
Olam
−
13 Oktabr 2020
13230Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qirg‘izistondagi siyosiy beqarorlik tufayli yetkazilgan zarar 2020 yil 10 oktyabr holatiga ko‘ra 8 milliard som yoki butun mamlakat bo‘ylab 104 million dollarni tashkil etdi. Biznes-assotsiatsiyalari milliy alyansi tomonidan shunday ma’lumot taqdim etilgan.
Mutaxassislar umumiy summasi 210 mln dollar bo‘lgan 20 dan ortiq shartnoma va biznes loyihalar bekor qilingan.
Milliardlab som yo‘qotilgan daromad ishsizlik, soliq va to‘lov rejalarini oshishiga, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib kelishi mumkin.
Biznes-assotsiatsiyalari milliy alyansi barcha siyosiy kuchlarni kelishuvga erishishga va huquqiy oqimga qaytishni ta’minlashga, barcha Hukumat tashkilotlarini joriy qilingan favqulodda holat ta’siri kamaytirishga chaqirgan. Tashkilot ishchilarning va yuk mashinalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash kerakligini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi.
Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.
Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar bo‘yicha bayonot berib, ba’zi siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga uringanini aytib o‘tdi.
Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.
Hozirgacha Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi.
O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy tashvishda ekanini bildirdi.
Jeenbekov vaziyatni izga solish uchun 9 oktyabr kuni Bishkekda favqulodda holat e’lon qildi. Keyinroq bu rejim yana uzaytirildi. Harbiylarning Bishkekka kirishi natijasida namoyishlar va talonchiliklar to‘xtadi.
LiveBarchasi