Namangan viloyati hokimining “zami” Uychiga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
23 dekabr 2021
5211Bugun, 23 dekabr kuni xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Tumanning sobiq rahbari Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov salomatligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman Kengashi deputatlari tasdig‘i bilan Shuhrat Mirsodiqovich Musayev Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.
Shunday so‘ng Shuhrat Musayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni tuman Kengashida taqdimot qilgan.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Musayev 1973 yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
U 2021 yil fevral oyidan Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 dekabr kuni Buxoro viloyatining Romitan, Qorako‘l va Shofirkon, Samarqandning Bulung‘ur va Oqdaryo, Namanganning Kosonsoy, Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.