Uychi tumaniga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 23 fevral kuni Namangan viloyatining Uychi tumaniga yangi prokuror va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tayinlandi.

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Sherzod Baxtiyorovich Rahimov Uychi tumani prokurori, ikkinchi sektor rahbari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda ishlagan Ulug‘bek Nomanovning o‘rnida ish boshladi.

Sherzod Rahimov 1980 yil 4 dekabrda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi magistr-yurist.

Mehnat faoliyatini 2005 yili Namangan shahar prokuraturasida prokuror yordamchisi sifatida boshlagan.

U 2005-2018 yillarda Namangan shahar va viloyat prokuratura organlarida, Respublika Bosh prokuraturasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018-2019 yillarda esa Andijon viloyati prokurroriga o‘rinbosar sifatida mehnat qilgan.

Sherzod Rahimov 2019 yil aprel oyidan Andijon viloyati Oltinko‘l tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Shuningdek, xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi sessiyasida Furqat Samijonovich Mirzayev Uychi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, uchinchi sektor rahbari sifatida tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Furqat Mirzayev mazkur tayinlovga qadar  Kosonsoy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Uychi tumaninig sobiq hokimi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida ishdan olingandi. U bilan birga tuman prokurori, IIB boshlig‘i va DSI rahbari ham ishdan ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Uychi

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing