Namangandagi diskotekada 27 yashar yigit vafot etdi
3-sahifa
−
07 yanvar
30274Bugun, 7 yanvar kuni soat 05:00 lar atrofida Namangan viloyati Uychi tumanidagi Mustaqillik istirohat bog‘i ichida joylashgan tungi klubda 27 yashar yigit vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Uychi tumani, “Qo‘rg‘oncha” MFY hududida joylashgan “Night Korol” nomli tungi klubda, 2002 yilda tug‘ilgan S.M., o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 1996 yilda tug‘ilgan M.A., bilan o‘zaro janjallashib qolib, uni o‘ng qo‘li bilan bir marotaba yuz sohasiga urib, yiqilganidan so‘ng oyog‘i bilan ikki marotaba bosh qismiga tepib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda M.A.,olgan tan jarohati bilan fuqaro S.A., tomonidan tuman markaziy shifoxonasiga olib kelinib, birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 07.01.2024 yilda Uychi tumani Ichki Ishlar Bo‘limi huzuridagi Tergov Boshqarmasi tomonidan fuqaro S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi boshlarida IIB hibsxonasidan yosh yigitning o‘ligi chiqqan edi.
LiveBarchasi