Namangandagi 10 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid deb topildi

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi 10 ta tuman hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmi mobaynida Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Norin, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chust, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimliklarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jami 4214 ta normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.

Unda ushbu tuman hokimliklarida tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keluvchi jami 12 ta qaror qabul qilinishi oqibatida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi (Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash) talablari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

O‘rganish ishlari natijalariga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan shahar va tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tegishli taqdimnomalar kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi 11 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan To'raqo'rg'on Mingbuloq Kosonsoy Pop Chust Uychi Chortoq Norin Yangiqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing