MTVning ertaknamo bayonoti, hojatxonadan topilgan chaqaloq, Endokrinologiya markazidagi poraxo‘rlik va kunning boshqa xabarlari
Jamiyat
−
08 iyul 2019
36188 iyul kuni ham nihoyasiga yetyapti. Quyida bugunning eng muhim xabarlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Buxoroda mudhish YTH: 3 kishi vafot etgan, 9 kishi shifoxonada
Buxoro viloyatida 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish YTH sodir bo‘ldi. G‘ijduvon tumanida yashagan 58 yoshli M.A. boshqaruvidagi “Lacceti” rusumli avtomashinani Zarangari mahallasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Poskati qishlog‘ida yashagan 59 yoshli A.R. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Dollar kursi o‘sishda davom etyapti, yevro esa...
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 9 iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 8578,36 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftaga nisbatan 3,62 so‘mga qimmatlashgan.
Toshkent shahridagi yirik ko‘chalardan birida ikki oy davomida harakatlanish qisman cheklanadi
Toshkent shahri Nukus ko‘chasida 2019-2020 yilgi kuzgi-qishki mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganligi tufayli keyingi ikki oy davomida harakatlanish qisman cheklanadi.
O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi mamlakatda 9-12 kunlari mamlakatda hukm suradigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi holat yuzasidan SSV bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi faoliyati bilan bog‘liq holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus bayonot berdi.
Videolavhada aks etgan voqea 2019 yilning 13 mart kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni fuqaro M.T. qizi M. va jiyani N.ni ushbu markaz poliklinikasiga olib kelgan.
Hojatxonada tug‘ib, farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi
Joriy yilning 2 iyul kuni soat 15:00 larda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro F.T. Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Xabibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan. Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, shifoxonaga joylashtirilgan.
Bu qo‘limizdan keladi – Komilov Afg‘onistonga tinchlik va’da qildi
Samarqandda Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati va muxolifat (Tolibon) o‘rtasida diolog tashkil etiladi.
“O‘ylaymanki, Afg‘oniston masalasi faqatgina Afg‘onistonning o‘ziga yoki bizning mintaqamizga tegishli masala emas. Bu juda katta xalqaro muammo. Global muammo, desak ham bo‘ladi. Shuning uchun bunda buyuk davlatlarning roli katta. AQSH, Xitoy, Rossiya, bundan tashqari, o‘zimizning mintaqamizdan katta davlatlar – Hindiston, Pokiston, Eron ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari 40 yildan keyin Afg‘onistonga tinchlik va barqarorlikni olib kelishga birgalikda harakat qilamiz. Bu qo‘limizdan keladi deb ishonaman”, dedi Abdulaziz Komilov.
Ertakni kimga aytyapsiz?
O‘tgan hafta QALAMPIR.UZ`da Yashnobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Zufarov va tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Viloyat Akromovaning telefondagi o‘zaro suhbati aks etgan audionutq bo‘yicha jurnalistik surishtiruv e’lon qilingan edi.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar MTB hamkorligida maxsus komissiya tuzildi. Hokimlik bunday holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi, lozim bo‘lsa, mansabdorlar ishdan bo‘shatilishini ma’lum qilgan bir paytda Maktabgacha ta’lim vazirligi qayd etilgan holatga kutilmagan va "jonsiz" munosabat bildirib chiqdi.
Kerak bo‘lsa, OAV orqali uzr so‘rashi kerak! – O‘tayev Jahongir Ortiqxo‘jayev harakatlariga baho berdi
Bundan bir necha kun avval, QALAMPIR.UZ internet nashrida muallif Sunnatilla Abdullayevning “Ortiqxo‘jayev va uning hokimiyati qonunni mensimaydi...mi?” nomli jurnalistik surishtiruvi e’lon qilingan edi.
Bugun, 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati bilan o‘tgan Matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ muxbiri bundan ikki hafta avval ro‘y bergan voqeani eslatib, qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayevga murojaat qildi va uning javobini oldi.
Mirziyoyev Mustaqillikning 28 yillik bayramini o‘tkazish bo‘yicha qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Turkiyada azot zavodida portlash yuz berdi (video)
Turkiyaning Kutahya shahridagi azot fabrikasi yirik portlash yuz berdi. Shaharning turli chekkalaridan eshitilgan portlashdan keyin zavoddan sariq tutunl ko‘tarilgan. Voqea joyiga borgan guruhlar zaharlanmasligi uchun niqoblar bilan harakatlanishiga to‘g‘ri kelgan.
Nega o‘zbekistonlik sayyohlar Meksikaga kiritilmadi?
Rossiya pasportiga ega bo‘lgan 14 nafar fuqaro Meksikaning Kankun shahriga kiritilmadi. Uch kishi “qora ro‘yxat”da, ularga mamlakatga kirishga taqiq qo‘yilgan. Yana to‘rt nafar yo‘lovchi Rossiya pasportiga ega, ammo O‘zbekistondan kelgan. Migratsiya xizmati fikricha, ularning pasporti soxta bo‘lib chiqishi ehtimoli bor.
Messi ikki yilga terma jamoadan chetlatilishi mumkin
Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi sardori Lionel Messi Janubiy Amerika futbol federatsiyasi – KONMEBOL tomonidan 2 yil muddatga terma jamoadan chetlatilishi mumkin.
Kechagina o‘z yakuniga yetgan “Amerika kubogi-2019” musobaqasida Messi sardorligidagi Argentina terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Jamoa finalga chiqish uchun o‘tkazilgan bahsda mezbon Braziliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
LiveBarchasi