Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi

Olam

image

Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Sud materialiga ko‘ra, Aminchon, Dilovar va Isroil Islomovlar ham uyushgan guruh tarkibida odam o‘limiga sabab bo‘lgan terakt sodir etganlikda ayblanmoqda.

E’tiborlisi, ular bir oila a’zolari – ota va bolalar hisoblanadi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, terrorchilar ulardan qurolli hujum uyushtirishda foydalangan Renault rusumli avtomobilni sotib olgan. 

Qo‘lga olinganlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terrorizm) bilan umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Rossiya Fideral Xavfsizlik Xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga 11 kishi hibsga olinganini ochiqladi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukrainaning Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 133 nafarga yetgani haqida xabar bergandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 154 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

tergov Moskva terakti Ayblanuvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing