Moskvadagi migrantlarning qanchasi o‘zbekistonlik?

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada bugungi kunda 800 mingga yaqin migrant bo‘lib, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari hisoblanadi. Bu haqda Moskva IIB Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Sergiyenko ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Moskvada chet el fuqarolarining soni 21 foizga kamayib, hozirda 789 mingni tashkil qilmoqda. O‘tgan yilning shu davrida RF boshkentida milliondan ziyod muhojir bo‘lgan.

Eng ko‘p migrantlar – Qirg‘izistondan, Moskvadagi chet el fuqarolarining umumiy sonining 30 foizini tashkil qiladi. 2-o‘rinda - O‘zbekiston (27 foiz), 3-o‘rinda - Tojikiston (20 foiz).

Avvalroq, Rossiyadagi nolegal migrantlar soni ochiqlangandi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 332 ming nafar noqonuniy yurgan o‘zbekistonlik mehnat migranti bor.

Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova mamlakatda qolish va ishlashni davom ettirish istagidagi chet el fuqarolari migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi zarurligini ta’kidlagan edi va ularni soyadan chiqishga chorlagan edi.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi fuqarolarni 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing