Çet elda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz – haqiqiy mard insonlar! – Prezident (video)
Jamiyat
−
12:45 463 2 daqiqa
Çet elda işlayotgan har bir özbekistonlik oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilayotgan yiğilişda söz oçdi.
Yiğilişda davlat rahbari xorijda mehnat qilayotgan özbekistonliklar haqida alohida töxtalgan.
“Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda işlaşidan qat’i nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qiliş – davlatning doimiy burçi va vazifasi”, deydi Prezident.
Özbekiston rahbari xorijda mehnat qilayotgan birorta ham özbekistonlik öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerakligini qat’iy ta’kidlagan.
Bildirilişiça, endilikda çet elda muammoga duç kelgan fuqaro elçi yoki konsulni izlab yurmaydi. “Onlayn mahalla” platformasi orqali yordam sörab murojaat qoldiradi. Zarur vaziyatda elçining özi uning oldiga borib, huquqlarini himoya qiladi, muammosiga yeçim topadi.
Davlat rahbari mutasaddilarga uşbu tizimni 10 kun içida yölga qöyiş va samarali işlaşini ta’minlaş böyiça takliflar kiritişni topşirgan.
Qayd etilişiça, muhim jihati – mehnat migrantlariga munosabat özgarmoqda. Xorijda işlayotgan inson şunçaki pul jönatuvçi emas, balki davlat himoyasiga haqli, qadri baland fuqaro sifatida e’tirof etilmoqda.
Live
Barchasi01 Noyabr