Rossiyada migrantlar işlamaydigan oila a’zolari uçun soliq tölaydi

Olam

−

image

Rossiya Içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakatga qarindoşlari bilan kelgan xorijiy xodimlar ular uçun soliq tölaşi şart bölişini ma’lum qildi. Bu haqda Kolokolsev Federatsiya Kengaşidagi hukumat soatida sözlagan nutqida söz oçdi.

Rossiya Içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsevning bildirişiça, mamlakatda Rossiyaga işlamaydigan oila a’zolari bilan kelgan xorijiy xodimlar ular uçun soliq tölaşini nazarda tutuvçi qonun qabul qilinişi kutilmoqda.

“Biz tomonimizdan mehnat migrantlarining Rossiyaga özlarining işlamaydigan qarindoşlarini olib keliş imkoniyatini moliyaviy jihatdan çeklaydigan qonunni qabul qiliş taşabbusi ilgari surildi.

2027 yildan boşlab kelayotgan har bir oila a’zosiga qöşimça soliq soliş tartibi tatbiq etiladi”, deydi u.

Rossiya IIV rahbarining qöşimça qilişiça, bu ijtimoiy sohaga tuşadigan yukni kamaytiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada joriy yilning 3 noyabridan boşlab çet el fuqarolarini mamlakatdan ma’muriy tartibda çiqarib yuborişga asos böladigan huquqbuzarliklar röyxati kengaytirilgandi. Endilikda, bunday huquqbuzarliklar soni 22 tadan 45 taga yetdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing