Moskva ertangi namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Olam

image

Avvalroq, rossiyalik muxolifatchi Navalniyning jamoasi ertaga, 31 yanvar kuni “Navalniyga ozodlik” shiori ostida yangi namoyishlar o‘tkazmoqchiligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ertaga bo‘lib o‘tadigan ruxsatsiz namoyishlar vaqtida poytaxt markazida piyodalar harakati cheklanadi hamda yettita metro bekati yopiladi.

Xabarga ko‘ra, metro va piyodalarning harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlar OAV va internetda tarqalayotgan fuqarolarni ruxsatsiz mitingda ishtirok etishga qaratilgan chaqiriqlar bilan bog‘liq.
 
Moskva politsiyasi fuqarolarni ruxsatsiz mitinglar, namoyishlar, kortejlar va piketlarda ishtirok etishga chaqirish va qatnashish uchun javobgarlik, shu jumladan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiya muxolifati yetakchisi, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytdi. U o‘tirgan samolyot o‘z manzilini o‘zgartirib, Moskvaning Vnukova aeroportiga emas, balki Sheremetevo aeroportiga qo‘ndi. Navalniy esa o‘sha vaqtning o‘zidayoq qo‘lga olindi

Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatchi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqardi

Oradan ko‘p o‘tmay, Navalniyning jamoasi tomonidan uning YouTube’dagi kanalida “Putin uchun saroy” filmi taqdim etildi va film boshiga namoyishlarga chaqiriq joylashtirildi. 

Shundan so‘ng, Rossiyaning qator shaharlarida Navalniyni ozod qilishni so‘rab namoyishlar o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, o‘sha kuni Moskvaning Pushkin maydonida bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 5 ming kishi qatnashgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu namoyishlarda 50 ming kishi ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Putin namoyishlar Naval'niy Pushkin maydoni

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing