Bugun Özbekiston Rossiya bilan öynaydi
Sport
−
11:14 395 2 daqiqa
Bugun, 12 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida soat 20:00 da boşlanadi.
Mazkur bahsda tojikistonlik FIFA referisi Gulmurodi Sa’dullo boş hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda FIFA assistentlari Hasan Karimov va Farhod Qurolov yordam beradi.
Rossiya va Özbekiston terma jamoalari söngi bor 2022 yilda “Paxtakor” stadionida özaro töqnaş kelgan. Öşa uçraşuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Özbekiston terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov uçun ham bu öyin alohida ahamiyatga ega. U avval Rossiyaning “Rostov” klubida töp surgan va hozirda Rossiya terma jamoasi boş murabbiyi bölib işlayotgan Valeriy Karpin qöl ostida öynagan.
Özbekiston terma jamoasining yetakçi futbolçisi, “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanov uşbu uçraşuvda iştirok etmaydi. Rossiya terma jamoasida ham bir qator yöqotişlar bor. Jumladan, yarim himoyaçilar Aleksandr Golovin (“Monako”) va Nail Umarov (“Spartak”), şuningdek, himoyaçi Maksim Osipenko (“Dinamo”) jarohati tufayli maydonga tuşa olmaydi.
PSJ darvozaboni Matvey Safonov va “Galatasaroy” yarim himoyaçisi Aleksey Batrakov Rossiya terma jamoasining öyinoldi maşğulotlarida iştirok etdi. Valeriy Karpinning ma’lum qilişiça, Safonov Özbekistonga qarşi uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga tuşadi.
Bugungi bahs natijasi FIFA reytingida ham hisobga olinadi. Ayni paytda Rossiya terma jamoasi 35-örinda, Özbekiston esa 59-örinda bormoqda.
Live
Barchasi