Abu-Dabida Ukraina böyiça muzokaralarning ikkinçi kuni bölib ötdi

Olam

−

image

Bugun, 11 noyabr kuni Abu-Dabida Ukraina uruşini hal qiliş böyiça Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasidagi uç tomonlama muzokaralarning ikkinçi kuni yakunlandi. Uçraşuv qariyb ikki soat davom etdi. Muzokaralar töliq yopiq formatda ötdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Naşr ma’lumotlariga köra, muzokaralar natijalaridan biri Rossiya va Ukraina örtasida harbiy asirlarni almaşiş bölgan. AFP xabariga köra, Ukraina muzokaralar davomida harbiy harakatlarni töxtatişga urğu bergan. 

“Faqat şundan keyingina Yevropaning bölajak xavfsizlik tizimini muhokama qiliş mumkin”, degan agentlikka Ukraina delegatsiyasidagi manba. 

Uning sözlariga köra, uşbu masalada tomonlarning pozitsiyalari bir-biridan farq qiladi.

AFP Ukrainaning yuqori lavozimli vakiliga tayanib yozişiça, Kiyev nizo yakunlanganidan söng kamida 10 yil davomida 800 ming kişilik armiyani ta’minlab turiş uçun moliyalaştiriş olişga intilmoqda. Ukrainada uşbu çora Rossiya tomonidan ehtimoliy yangi harbiy hujumdan himoyalaniş uçun zarur deb hisoblanmoqda.

Eslatib ötamiz, muzokaralar keça, 10 noyabr kuni boşlangan edi. Uçraşuvning birinçi kuni tanaffusni hisobga olganda tört yarim soat davom etdi. RBK va TASS manbalari xabar qilişiça, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari rus tilida muloqot qilgan. Rossiya, Amerika, Ukraina va Yevropa vakillarining bayonotlaridan kelib çiqilsa, kun tartibidagi asosiy masala Yevropada xavfsizlik arxitekturasini barpo etiş bölgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina jamoasining hisobotiga tayanib xabar berişiça, BAA poytaxtidagi muzokaralarning birinçi kunida Kiyev va Moskva vakillari boşqa masalalar qatorida xavfsizlik kafolatlari hamda harbiy asirlarni “1000 ga 1000” yoki “1500 ga 1500” formulasi böyiça almaşişni muhokama qilgan. Şuningdek, hududlar masalasi ham muhokama qilingan bölib, Zelenskiyning sözlariga köra, bu masala Rossiya delegatsiyasi tomonidan kötarilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing