Rossiya Ukrainadagi 6 ta yirik elektr podstansiyasiga hujum qildi
Olam
−
16:36 852 1 daqiqa
Rossiya qöşinlari bugun, 11 noyabrga ötar keçasi Ukrainadagi oltita yirik elektr podstansiyasiga zarba berdi. Hujumlar oqibatida elektr uzatiş liniyalari, temiryöl ob’ektlari va turar joy binolari şikastlandi. Kamida 14 kişi jarohat oldi. Bu haqda Ukraina Boş vaziri Sergiy Koretskiy özining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Uning aytişiça, elektr podstansiyalariga berilgan zarbalar Vinnitsa, Kirovograd, Jitomir va Çerkasi viloyatlarida qayd etilgan. Kirovograd va Rovno viloyatlarida esa turli kuçlanişdagi elektr uzatiş liniyalari şikastlangan.
Şuningdek, Rossiya qöşinlari Krivoy Rog şahridagi markaziy isitiş ob’ektiga zarba bergan. Buning oqibatida ayrim turar joy binolarida issiqlik ta’minoti uzilgan. Hozirda şaharda ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.
Dnepropetrovsk va Jitomir viloyatlaridagi temiryöl ob’ektlari ham hujumga uçragan. Xerson viloyatida maktab binosi havo zarbasidan zarar körgan bölsa, Xarkovda beşta köp qavatli turar joy binosi şikastlangan.
11 noyabr kuni soat 10:00 holatiga köra, hujumlar oqibatida kamida 14 kişi jarohatlangan. Ularga tibbiy yordam körsatilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylari dronlar yordamida Kiyevdagi 6-issiqlik elektr markaziga (IEM-6) zarba bergan edi.
Live
Barchasi