Mirziyoyevning kitobi Turkiyada nashr etildi. Kitobga Erdo‘g‘an taqriz yozgan

Jamiyat

image
Mirziyoyevning Turkiyaga ikki kunlik tashrifi eng muhim jihatlariga nazar (maxsus fotoreportaj) north_east

Mirziyoyevning Turkiyaga ikki kunlik tashrifi eng muhim jihatlariga nazar (maxsus fotoreportaj)

O‘zbekistonlik aktyorlar Turkiyada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto) north_east

O‘zbekistonlik aktyorlar Turkiyada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlangan asarlari turk tiliga tarjima qilinib, “Yangi O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” nomi bilan nashr etildi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda. 

“Shavkat Mirziyoyev uch yil davomida ko‘plab otashli nutqlar so‘zlagan. Tarixiy voqelik sifatida baholanuvchi bu nutqlar avvalo o‘zbek va rus tillarida, so‘ngra ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilinib, kitob shaklida nashr etilgan. Shuni ta’kidlash joizki, “Yangi O‘zbekiston –kelajagi buyuk davlat”  kitobi nashr etilgunga qadar Turkiyada O‘zbekistondagi tez suratdagi  o‘zgarish va rivojlanish haqida yozilgan hech qanday asar yo‘q edi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, mazkur kitob ustida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar Bosh boshqarmasi va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining Madaniyat va Targ‘ibot boshqarmasining tashabbusi bilan,  professor Dr. Firat Purtash boshchiligidagi guruh faoliyat olib borgan. Kitobda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tarafidan muqaddima yozilgan. Shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham taqdimot kitobga taqriz yozgan.  

Ushbu kitobning birinchi nashri 1000 nusxada chop etildi. Uning birinchi nusxasi Turkiya Respublikasi Prezidenti devonining Xalq kutubxonasi ochilish marosimida yagona faxrli mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilingan. 

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyning qayd etishicha, “O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yuksalish hamlasi va Turkiya bilan har qachongidan ko‘ra kuchli shaklda rivojlanayotgan munosabatlar bu asar uchun ilhom manbai bo‘lgan. Yangi O‘zbekistonning va islohotlarning me’mori bo‘lgan Prezident Muhtaram Shavkat Mirziyoyevning fikrlariga asoslangan bu asar O‘zbekistonni Onadoludagi turk kitobxonlariga yaqindan tanishtirishni maqsad qilgan".

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kitob haqida shunday deydi: 

“Ushbu kitob O‘zbekiston Prezidenti, qadrli birodarim Shavkat Mirziyoyev nomidan o‘zini millatiga bag‘ishlagan O‘zbekistonning butun qahramon farzandlariga armug‘on qilingan”. 

“Umuman olganda, ushbu kitobni o‘qiganlar Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek xalqining kelajagi va farovonligi, O‘zbekiston davlatining mustaqilligi va suvereniteti uchun qanchalik samimiy, shijoatli rahbar ekanligini ko‘rishadi. Prezident Mirziyoyev o‘zining demokratik dunyoqarashini boshqaruv  munosabatini ham aks ettiruvchi yetakchi. Adolat va qonun ustuvorligiga ishongan davlat arbobi sifatida o‘z fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini kengaytirish uchun kurashmoqda. Mirziyoyev o‘zbek xalqini munosib bo‘lgan rivojlanish va farovonlik darajasiga olib chiqish maqsadida o‘z xalqi bilan birga yelkama-yelka mehnat qilmoqda”, deyiladi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-20 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘ldi. Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi. Tashrifning asosiy tadbirlaridan biri ikki davlat rahbarlari raisligida o‘tgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisi bo‘ldi. Davlat rahbarlari yig‘ilish nihoyasida bayonotni imzoladilar va hamkorlik bundan buyon yanada rivojlanishi, o‘zaro tovar ayirboshlash esa 5 milliard dollardan oshirilishini ma’lum qildilar. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti devonining Xalq kutubxonasi ochilish marosimida ishtirok etib, kutubxonaga 350 ta noyob kitoblarni sovg‘a qildi. Ochilish marosimida nutq so‘zladi

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekiston Prezidentini Anqara aeroportidan kuzatib qo‘yishi O‘zbekiston diplomatiyasi tomonidan yuqori baholandi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan murojaatnomasi ham Turkiyada kitob shaklida chop etilib, Turkiya Respublikasi Prezidenti devonining Xalq kutubxonasiga joylashtirilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing