Turkiya va Ozarbayjon örtasiga tuşmoqçi bölganlar maqsadiga erişolmaydi – Erdöğan
Olam
−
18:08 796 3 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi birodarlikni zaiflaştirişga urinayotgan kuçlar heç qaçon maqsadiga erişa olmasligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 8 noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida gapirdi.
Erdöğanning aytişiça, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar tarixdagi turli sinovlardan ötib, bugungi yuksak darajaga yetgan. U Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi yaqinlikni “Bir millat, ikki davlat” şiori bilan ifodalagan.
“Bu qalb birligi muştarak ötmişimizdan kuç olib, kelajagimizga nur soçuvçi sönmas maş’aldi”, deydi Turkiya rahbari.
Şuningdek, Erdöğan Ozarbayjonning 44 kunlik uruş oqibatida öz hududlarini bosqindan ozod qilişi Janubiy Kavkazda yangi davr boşlanişiga yöl oçganini aytgan.
U 2021 yilning 15 iyun kuni Şuşa şahrida imzolangan deklaratsiyani ham eslatib, uşbu hujjat ikki mamlakat örtasidagi birodarlikni ittifoqçilik darajasida mustahkamlaganini ta’kidlagan.
“Birodarligimizni zaiflaştirişni istaganlar keça ham, bugun ham, ertaga ham öz maqsadlariga aslo erişa olmaydi”, deydi Erdöğan.
Turkiya Prezidenti Ozarbayjonning Qoraboğni qayta tiklaş va mintaqani avvalgi jonli hayotiga qaytariş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U Anqara Bakuning öz huquqlari uçun kuraşini, şuningdek, mintaqada barqaror tinçlik örnatişga qaratilgan harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Öz navbatida, Ilhom Aliyev ham Turkiya bilan munosabatlar mustahkamligini ta’kidlagan. U Ikkinçi Qoraboğ uruşi davomida Turkiya va uning xalqi Ozarbayjonni qöllab-quvvatlaganini qayd etgan.
“44 kun davomida siz va birodar Turkiya xalqi bizning yonimizda böldingiz. Bu heç qaçon unutilmaydi”, dedi Aliyev Erdöğanga qarata.
Ozarbayjon Prezidenti Turkiya va Ozarbayjon birligi abadiy va mustahkam ekanini ta’kidlab, ikki davlat örtasiga kirişga urinayotganlar heç qaçon muvaffaqiyat qozona olmasligini aytgan.
Qayd etiş joiz, sönggi oylarda Anqara va Baku örtasidagi munosabatlarda bir qator masalalar böyiça kelişmovçiliklar yuzaga keldi. Sentyabr oyida Ozarbayjon hukumati davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi me’yorlar yagona maktab formasi standartini buzuvçi yoki ta’limning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini taqiqlaydi.
Qaror Turkiyada, jumladan, yuqori siyosiy darajada tanqidlarga sabab böldi. Ozarbayjon parlamenti deputati Jayhun Mamedov jurnalistlarga islohot ta’lim muassasalarida diniy, etnik va ijtimoiy-iqtisodiy farqlarni bartaraf etişga qaratilganini izohladi. Hujjatda “hijob” sözi tilga olinmagan bölsa-da, özgartirişlar uni öraşga ham daxldor böldi.

Keyinçalik Ozarbayjon TIV respublikada hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga çaqirgani uçun 31 nafar Turkiya fuqarosini nomaqbul şaxslar röyxatiga kiritdi. Bunga qadar Ozarbayjon Boş prokuraturasi mamlakatda hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga oçiqdan oçiq çaqiriqlar qiliş böyiça jinoyat işi doirasida yetti nafar Turkiya fuqarosini xalqaro qidiruvga bergan edi.
Eslatib ötamiz, munosabatlar sovuqlaşuvi fonida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Turkiyada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida iştirok etmagandi.
Live
Barchasi