Erdöğan inqiroz fonida Aliyevni yöqlab Qoraboğga bordi (video)

Olam

−

image

Bugun, 8 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Ozarbayjonga bordi. Uni aeroportda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Erdöğan Ozarbayjonning Ğalaba kuni munosabati bilan Qoraboğda ötkaziladigan tadbirlarda iştirok etiş uçun mamlakatga taşrif buyurgan. Unga rafiqasi Emina Erdöğan, Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan, Qişloq va örmon xöjaligi vaziri Ibrohim Yumakli, Milliy razvedka taşkiloti rahbari Ibrohim Kalin, Prezident administratsiyasi muloqot boşqarmasi rahbari Burxoniddin Duran hamda boşqa yuqori martabali rasmiylar hamrohlik qilmoqda.

Taşrif doirasida Erdöğan va Aliyevning ikki tomonlama uçraşuvi rejalaştirilgan. Unda Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va strategik hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinişi kutilmoqda.

Şuningdek, Turkiya Prezidentining Şuşa şahrida rasmiy kutib oliş marosimida qatnaşişi, Aliyev bilan muzokara ötkazişi va qöşma matbuot anjumanida iştirok etişi rejalaştirilgan. Erdöğan taşrif davomida Xöjali fojiasi yodgorligi va muzeyi, şuningdek, Xonkendidagi Ğalaba yodgorligini ham ziyorat qilişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, 8 noyabr Ozarbayjonda Ğalaba kuni sifatida nişonlanadi. Bu sana 2020 yilda Qoraboğdagi 44 kunlik uruş yakunlangani va Ozarbayjon nazorati tiklangani bilan boğliq.

Qayd etiş joiz, sönggi oylarda Anqara va Baku örtasidagi munosabatlarda bir qator masalalar böyiça kelişmovçiliklar yuzaga keldi. Sentyabr oyida Ozarbayjon hukumati davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi me’yorlar yagona maktab formasi standartini buzuvçi yoki ta’limning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini taqiqlaydi.

Qaror Turkiyada, jumladan, yuqori siyosiy darajada tanqidlarga sabab böldi. Ozarbayjon parlamenti deputati Jayhun Mamedov jurnalistlarga islohot ta’lim muassasalarida diniy, etnik va ijtimoiy-iqtisodiy farqlarni bartaraf etişga qaratilganini izohladi. Hujjatda “hijob” sözi tilga olinmagan bölsa-da, özgartirişlar uni öraşga ham daxldor böldi.

Keyinçalik Ozarbayjon TIV respublikada hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga çaqirgani uçun 31 nafar Turkiya fuqarosini nomaqbul şaxslar röyxatiga kiritdi. Bunga qadar Ozarbayjon Boş prokuraturasi mamlakatda hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga oçiqdan oçiq çaqiriqlar qiliş böyiça jinoyat işi doirasida yetti nafar Turkiya fuqarosini xalqaro qidiruvga bergan edi.

Eslatib ötamiz, munosabatlar sovuqlaşuvi fonida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Turkiyada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida iştirok etmagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing